description

PBN (Performance Based Navigation) – tavsiflarga asoslangan navigatsiya bo’lib, hududiy navigatsiya konsepsiyasi, havo kemasining maʼlum yo‘nalishda (marshrutda) yoki qo‘nishda nazorat qilinadigan samoviy hudud ichida maxsus talablar va aeronavigatsiya qoidalariga mos ravishda amalga oshirish mexanizmi hisoblanadi. 

Ta’kidlash joizki, ushbu usul an'anaviy yer usti navigatsiya vositalariga bog’liq bo’lmaydi.  

Aytib o'tish lozim, O‘zbekiston aeronavigatsiyasi tarixida ilk marotaba GNSS Global Navigatsiya Sun’iy yo‘ldosh tizimi signallaridan foydalangan holda yaqinlashish sxemalari joriy etildi va 2024-yil 22-iyun kuni Zomin aeroportida Airbus 320 samolyoti yangi PBN uchish va qo'nish sxemasidan foydalangan holda muvaffaqiyatli qo'ndi.

Mazkur sxemalarni joriy etish,"O'zbekiston Respublikasi havo hududida PBN xususiyatlariga asoslangan navigatsiyani joriy etish rejasi" ning ikkinchi bosqichi bo'lib,
havodagi harakat xavfsizligi va samaradorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Ushbu bosqich doirasida Respublikaning boshqa aeroportlarida ham shunga o'xshash yangi parvoz sxemalarini joriy etish rejalashtirilgan. Ular hududning geografik xususiyatlarini, shovqin cheklovlariga qat'iy rioya qilish talablarini, atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini, shuningdek havo harakatining xususiyatlarini va aerodromning ehtiyojlarini hisobga oladi.

PBN tadbiq etish, nafaqat Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) xalqaro standartlariga javob beradi, balki O‘zbekistonda aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va havo kemalariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Меню