O‘zaeronavigatsiya” Markazining xodimlar bilan ishlash siyosatining asoslari

    “O‘zaeronavigatsiya” Markazida xodimlarni boshqarish va mehnat munosabatlarini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan kadrlar siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.

    O‘ANM siyosati transport vazirligi tomonidan olib borilayotgan xodimlar bilan ishlash siyosatida qo‘yilgan masalalarga mos quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

  • Parvozlar xavfsizli

  • Sifat

  • Ochiqlik

  • Ishonch

  • Mustahkam bilim va tajribaga asoslanish

  • Samaradorlik

  • Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va ishga qabul qilishda korrupsiyaning oldini olish.

Mutaxassislarning asosiy lavozimlariga kadrlarni tanlash mehnat qonunchiligiga, lavozim klassifikatori XALIKK-2020ga va aviatsiya mutaxassislariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Asosiy aviatsiya mutaxassislari: HHB (havodagi harakatni boshqarish) dispetcherlari va RTT (radiotexnik ta’minot bo‘yicha) muhandis-texnik tarkibi lavozimlariga ochiq tanlovini o‘tkazish bo‘yicha ichki me’yoriy hujjatlar (Nizomlar) ishlab chiqilgan.

 

    Mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish. O‘quv mashg‘ulotlari tegishli sertifikatlangan ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalarida olib boriladi.

     “O‘zaeronavigatsiya” Markazi faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha yosh mutaxassislarni tayyorlash (HHB dispetcherlari va RTT muhandislari) Toshkent Davlat Transport Universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek, xorijiy aviatsiya
va boshqa oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilmoqda.

Yosh mutaxassislarni OTMda tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati bilan O‘ANM o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo‘lib, uning asosida talabalar amaliyotlari va trenajor mashg‘ulotlarini Markaz bo‘linmalarida o‘tadilar, malakali O‘ANM mutaxassislari talabalarga ixtisoslashgan fanlardan dars beradi, bitiruv malakaviy ishlari uchun mavzu tanlashda yo‘naltirish beradi, shuningdek, universitetning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda imkoniyati darajasida yordam ko‘rsatadi.

    Bilim darajasini oshirish, lavozimlarni XALIKK-2020ga muvofiqlashtirish, yetakchi mutaxassislar va rahbar lavozimlar uchun kadrlar zahirasini sifat jihatidan shakllantirish maqsadida TDTU va boshqa ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarining sirtqi bo‘limida, jumladan, xorijiy oliy o‘quv yurtlarida O‘ANM xodimlarining ta’lim darajasi oshiriladi.

    Rahbarlarning mehnat faoliyatini baholash, mutaxassislarning malaka darajasini egallab turgan lavozimiga muvofiqligini aniqlash maqsadida xodimlarni davriy attestatsiyadan o‘tkazish, shuningdek attestatsiya va malaka komissiyalari tomonidan malaka darajasini oshirish yo‘li bilan aniqlanadi.

    Xodimlar xizmati faoliyatini zamon talablariga javob beradigan tarzda yaratish maqsadida kadrlar ishini yuritish jarayonlariga raqamlashtirishni joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

    Xodimlarni rag‘batlantirish tizimida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida xodimlarni rag‘batlantirish tizimini tartibga soluvchi ichki hujjatlar ishlab chiqilgan.

    Fuqaro aviatsiyasining zamonaviy talablariga javob beradigan va parvozlar xavfsizligini maksimal darajada ta’minlovchi yuqori malakali mutaxassislar sonining ko‘payishi. Axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ulardan mehnat faoliyatida foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarishda ishlab chiqarish jarayonlarining sifati va tezligiga erishish. Parvozlar muntazamligi va xavfsizligini ta’minlashda, respublika havo hududidan foydalanuvchilarni (aviyatashuvchilarni) jalb etishda, korxona daromadini oshirishda samaradorlikga erishish.

 

 

 

 

 

 

 

 

Меню