“O‘zaeronavigatsiya”  Markazi 

  • Tashkil topgan yil – 1991-yil
  • Nazorat ostidagi samoviy hudud – 479 842 kv.km
  • Samoviy trassalarning umumiy uzunligi – 24 343 km
  • Qo‘shni davlatlar bilan samoviy yo‘laklar – 61
  • Aeronavigatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi:

- tranzit orqali – 400 dan ortiq aviakompaniyalarga;

- aerodrom hududida uchish/qo‘nishni ta‘minlaganda – 45 dan ortiq aviakompaniyalarga

 

Vazifasi:

Korxona o‘z vakolatlari doirasida samoviy hudud foydalanuvchilarining aeronavigatsiya xizmatlaridagi ehtiyojini qondirish, havo trassalari, mahalliy havo liniyalari, fuqaro aviatsiyasi hududlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqaruvi topshirilgan hududlar ustida  javobgarligi doirasida  aviatsiya ishlarini bajarish hududlarida xavfsiz, tejamkor va muntazam havo harakatini ta‘minlaydi.

 

Faoliyat yo‘nalishlari:

  • Majburiyat chegaralari doirasida havo kemalariga aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish; 
  • Aloqa xizmatlari;
  • Flayt-rejalarga ishlov berish xizmatlari;
  • Aeronavigatsiya axboroti hujjatlarini chop etish va foydalanuvchilarga taqdim etish xizmatlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida maxsus tekshiruv texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari;

 

Rivojlantirish strategiyasi

Unumdorlikni oshirish, parvozlar xavfsizligini yuqori darajada ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasining aeronavigatsiya tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etish, O‘rta Osiyo mintaqasi aeronavigatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar orasida yetakchi o‘rinlarga ega bo‘lishning asosiy vazifalarni bajarish maqsadida, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi butun dunyoda fuqaro aviatsiyasi rivojlanishining zamonaviy darajasini hisobga olgan holda  “O‘zaeronavigatsiya” Markazi 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi  ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. 

 

Rivojlantirishning maqsad va vazifalari:

 

Maqsad 1.O‘zbekiston Respublikasini samoviy hududidan foydalanishni oshirish uchun jalb qilish.

  • HHTq global tizimining elementlarini bloklarga birlashtirilgan konsepsiyasini o‘z ichiga olgan, global aeronavigatsiya rejasini tatbiq etish
  • O‘zbekiston Respublikasida xarakteristikalarga (PBN) asoslangan, navigatsiyani tatbiq etish rejasini amalga oshirish
  • Qo‘shni davlatlarning aeronavigatsiya xizmatlari yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikda HHXK mavjud/yangi yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish .
  • Erkin yo‘nalishlardan foydalangan holda samoviy hududlarni joriy etish   

 

Maqsad 2. Aeronavigatsiya xizmati sifatini oshirish

  • HHXK kuzatuv tizimi va istiqbolli usullarni joriy etish 
  • Parvoz xavfsizligini boshqarish tizimini joriy etish va uni ommalashtirish
  • Aeronavigatsiya axborotlarni boshqarish tizimiga o‘tish.EADga ko‘chish, Aeronavigatsion axborotlar xizmatidan  Aeronavigatsion axborotlarni boshqarishga o‘tishning asosiy qadamlaridan biri sifatida hisoblanadi
  • Parvozlarni radiotexnik ta‘minlash (PRTT) uskunalarini zamonaviylashtirish bo‘yicha uzoq muddatli rejani amalga oshirish 
  • Mutaxassislarni malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish 

 

Maqsad 3. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish 

  • Korxona faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini doimiy ravishda monitoring qilish, takomillashtirish bo‘yicha zarur choralarni ishlab chiqish  

 

Kutilayotgan natijalar 

  • Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish 
  • O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududining jozibadorligini oshirish 
  • Navigatsiya aniqligini oshirish orqali parvozlar xavfsizligini oshirish 
  • Trayektoriyalarning fazoviy taqsimlanishini kamaytirish orqali samadorlikni oshirish  
  • Atmosferaga zararli chiqindilarni tashlashni kamaytirish 
  • O‘zbekiston Respublikasi aerodromlarida tranzit oqimini va uchish-qo‘nish operatsiyalarini oshirish
  • Korxonani rivojlantirish uchun qo‘shimcha dromad olish
Меню