Hududiy bo‘linmalar

Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida havodagi harakatni tashkil qilish tizimi tuman aerodromlarda havodagi harakatni tashkil qilishni amalga oshiruvchi 11 ta hududiy bo‘linma,
2 ta Toshkent va Samarqand shaharlaridagi havodagi harakatini avtomatlashtirilgan boshqarish tuman markazidan hamda HKFB Bosh markazining fuqarolik sektoridan iborat.

Havodagi harakatni boshqarishning zamonaviy bazaviy avtomatlashtirilgan tizimi sifatida zamonaviy funksional va texnik talablarga muvofiq “Managair” (INDRA, Ispaniya firmasining) havodagi harakatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi tanlandi. Hozirda kunda Toshkent, havodagi harakatni boshqarish Samarqand, Urganch va Buxoro markazlari ushbu avtomatlashtirilgan tizimi bilan jihozlangan. Nukus, Navoiy, Termiz, Namangan va Farg‘ona tuman dispetcherlik punkt aerodromlari “Master” avtomatlashtirilgan ish joylari (Rossiya Federatsiyasining “Пеленг” firmasi,) bilan jihozlangan.

Toshkent shahridagi Havodagi harakatni avtomatlashtirilgan tizimi markazining mas’uliyat zonasi 324 265 km2 ni tashkil etadi. Hudud toʻrt sektorga boʻlingan boʻlib, uning tarkibiga 6 ta aerodrom (I.A. Karimov nomidagi Toshkent, Namangan, Andijon, Fargʻona, Urganch va Nukus) kiradi. Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimining Toshkent markazi radiolakatsiya stansiyalari tizimiga 11 birlashgan radiolakatsiya maʼlumotlarini qabul qiladi, umumiy uzunligi 21 ming km bo‘lgan 41 ta havo trassalari va qo‘shni davlatlarning chegaradagi 43ta havo trassalarini nazorat qiladi.

Samarqand shahridagi havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimining markazi
155 577 km2 masʼuliyatli hududga ega boʻlib, unga Termiz shahridagi yordamchi tuman markazi, 5 ta aerodromi (Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarshi va Termiz) kiradi va radiolakatsiya stansiyalari tizimi 11 birlashgan radiolakatsiya maʼlumotlarini qabul qiladi. Samarqand tuman HHX ko‘rsatish hududi orqali umumiy uzunligi 12 ming 810 km boʻlgan 19 ta havo trassalari va qoʻshni davlatlarning18 ta havo trassalari oʻtadi.

O‘zbekiston Respublikasining havodagi harakatni tashkil qilish tizimiga quyidagilar kiritilgan:

- (RVSM) qisqartirilgan vertikal minimal eshelonidan foydalanadigan tizim;

- FPL-2012 yangi parvoz rejasi formatidan foydalanish;

- dengiz sathida standart bosim (QNH) bo‘yicha aerodrom hududlarida xavfsiz parvoz esheloni darajasidan past parvozlar;

- WGS-84 xalqaro koordinata tizimi, shuningdek, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan qabul qilingan o‘lchov birliklari;

- RNAV-5 spetsifikatsiyasi bo‘yicha zonaviy navigatsiya marshrutlari;

Меню