Xaridlar boshqarmasi “O‘zaeronavigatsiya” Markazining tarkibiy bo‘linmasidir.

     Boshqarma o‘zining xizmat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va huquqiy  hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
va 
“O‘zaeronavigatsiya” Markazi me’yoriy hujjatlari, mahalliy huquqiy
 hujjatlar hamda “O‘zaeronavigatsiya” Markazi Xaridlar boshqarmasining Nizomida belgilangan talablarga asosan amalga oshiradi.  

 

Boshqarmaning asosiy vazifalari:

  • “O‘zaeronavigatsiya” Markazi va uning tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish amaliyoti uchun zaruriy tovar va xizmat (ish)lar bilan o‘z vaqtida va to‘liq ta’minotini amalga ohirish.
  • Boshqarma xodimlarining malakasini oshirilishi uchun kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish.
  • Tanlov hujjatlariga nisbatan malakaviy talablarni ishlab chiqarish, amaliyot jarayonlarining talablarini hamda tanlov komissiyalari ish natijalarini o‘zaro maqbul holatga keltirish.
  • Maxsus axborot portallarida elektron xaridlarni tashkil qilish.
  •  Xaridlar-tender jarayonlarini tashkil qilish: Tanlov-tender hujjatlarini rasmiylashtirishga ko‘maklashish, vakolatli organlarda hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish.
  •  Xalqaro bozorlarda va O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida tovarlar, xizmatlar (ishlar) mavjudligi va qiymati bo‘yicha marketing tadqiqotlarini o‘tkazish.
  • Import bitimlari bo‘yicha qabul qilingan, jo‘natilgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish.
  •  “O‘zaeronavigatsiya” Markazi va uning tarkibiy bo‘linmalari ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan ТМB sifatini shartnomada ko‘rsatilgan texnik ko‘rsatkichlarga, standart talablariga muvofiqligini nazorat qilishni amalga oshirish.
  • Shartnoma majburiyatlari va bitimlarning boshqa shartlari bajarilishini nazorat qilish.
  • Davlat va mahalliy o‘z-o‘zini idora qilish organlari, shuningdek, boshqa tashkilot va muassasalar bilan munosabatlarda Xaridlar boshqarmasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha direktor nomidan belgilangan tartibda vakillik qilish.

    Xaridlar bo‘yicha boshqarma “O‘zaeronavigatsiya” Markazining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

    Boshqarma oʻz xizmat faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “Oʻzaeronavigasiya” Markazi hujjatlariga, mahalliy normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi Xaridlar boshqarmasining Nizomida belgilangan talablarga asosan amal qiladi.

 

 

 

 

Меню