“OZAERONAVIGATSIA” MARKAZI 

SIFAT SOHASIDA

SIYOSAT

“O‘zaeronavigatsia” Markazi o‘zining asosiy vazifalarini bajarish maqsadida - havo harakati uchun xavfsiz va yuqori sifatli aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida Sifat Siyosatini mas‘uliyatli tarzda e‘lon qiladi, tashkiliy va ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish va ta’minlashga ko‘maklashadi.

Korxona Rahbariyatining sifat menejmenti tizimidagi yetakchiligi va majburiyatlari biz tomondan OANM ning barcha darajalarida tan olingan. Bizning Rahbariyatimiz uchun Sifatni Boshqarish Tizimi uning asosiy boshqaruv vositasi hisoblanadi. Sifat menejmenti hayotini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishi, xodimlarning OANM vazifalarini hal qilishda to‘liq ishtirok etadigan ichki muhitning shakllanishi korxona Rahbariyatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Korxona Rahbariyati OANM da SBTning samarali ishlashi uchun barcha mavjud resurslardan foydalanishni oʻz burchi deb hisoblaydi.

OANM dagi Sifat Siyosati xalqaro va milliy standartlarga asoslangan Sifat Menejmenti Tizimiga tayanadi. Oz maqsadlarimizga erishish uchun biz quyidagi tamoyillarga amal qilamiz:

 

 1. Sifat - biz qadrlaydigan eng asosiy xususiyatdir.

            2. Malaka va mas’uliyatdan iborat bo‘lgan professionallik - bu yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishishdur.

            3. Biz OANM ning  tashqi va ichki muhitidagi o‘zgarishlarga samarali javob beradigan boshqaruv tizimlarini yaratamiz.  Uzluksiz yuksaklik  - faoliyatimizda asosiy printsip hisoblanadi.

            4. Xodimlarimiz  - yuqori malakali mutaxassislardir. Har bir xodimning o‘z  ishi uchun shaxsiy

mas’uliyati - mehnat faoliyati sifatining mezoni hisoblanadi.

            5. Biz optimal jarayonlar orqali yuqori sifatga erishamiz.

            6. Ishlab chiqarish faoliyatining barcha bosqichlaridan olingan ishonchli va o‘z  vaqtida olingan ma’lumotlar ularning bajarilishini ishonchli nazorat qilishini kafolatlaydi.

  7. OANM ning barcha xodimlari sifat tizimining tamoyillarini baham ko‘radilar, uni yaratish jarayonida ishtirok etadilar, o‘z ishlarining maqsadlarini aniq tushunadilar, natijani koradilar va unga ta’sir qiladilar. Har bir xodimning fikri sifat tizimi ishida hisobga olinadi.

            8. OANM da ishlab chiqarish faoliyatini maksimal samaradorligiga erishish uchun tuzilmalar, jarayonlar va shart-sharoitlarni yaratish.

            9. Biz OANM ning kompetentlik va xodimlar darajasini tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlaymiz  va  takomillashtirib boramiz.  

           10. Rejalashtirish va qaror qabul qilish xafga- yonaltirilgan fikrlash asosida amalga oshiriladi.

           11. OANM doimiy ravishda rekonstruktsiya va texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshiradi, yangi radiotexnik uskunalarini sotib oladi va uni modernizatsiya qiladi.

           12. OANM ning doimiy maqsadi sifatni boshqarish tizimining uzluksiz takomillashishi va uning uzluksiz yaxshilanishidir. 

 

OANM rahbariyati ushbu Sifat Siyosatini amalga oshirish uchun masuliyatni o‘z zimmasiga oladi, uni xodimlarga yetkazadi va uni amalga oshirishga chorlaydi.

Direktor: D. Djumayev

 

Меню