Vena shahrida “O‘zaeronavigatsiya” markazi mutaxassislari ishtirokida Frequentis kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ATM Communication User Group xalqaro uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar VCS ovozli aloqa tizimlarini rivojlantirish, IP-texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, aviatsiya kommunikatsiya tarmoqlarining nosozliklarga bardoshliligi va kiberxavfsizligini oshirish masalalarini muhokama qildilar.