description

Uch nafar talaba “O‘zaeronavigatsiya” stipendiyasi sohibiga aylandi: ulardan ikki nafari “Havodagi harakatni boshqarish”, bir nafari esa “Parvozlarni radiotexnik ta’minlash” yo‘nalishida tahsil oladi.

Stipendiya aeronavigatsiya sohasining bo‘lajak mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilimga intilishi va kasbiy rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan. Bu talabalar uchun kelgusi faoliyatlariga asos bo‘luvchi bilimlarni chuqurlashtirish va ko‘nikmalarni egallashda qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

Stipendiatlarni tabriklab, o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz va kelgusida jamoamiz safida kutib qolamiz!

Меню