Samarqand HHB AT Markazining tajribasi aeronavigatsiya sohasida, havodagi harakat xavfsizligi va ularni boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan, zamonaviy texnologiyalarning muvaffaqiyat bilan qo‘llanilayotganligini namoyish etib, bu eng yangi tizimlarning joriy etilayotganligi bilan tasdiqlanadi. Xususan, INDRA kompaniyasining "ManagAir" havodagi harakatlarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimining (HHB AT) o‘ta zamonaviy uskunalari foydalanishga topshirildi. Ushbu tizim havodagi harakatni samarali boshqarishni ta’minlab, dolzarb funksional va texnik talablarni bemalol qoniqtira oladi.
Tizimning modull arxitekturasi uni markazning o'ziga xos ehtiyojlariga moslashtirishga imkon beradi, bu esa moslashuvchanlik va miqyoslilikni ta'minlaydi. Ma'lumotlar integratsiyasi turli manbalardan olingan ma'lumotlarni birlashtirib, dispetcherlarga havo muhitining to'liq rasmini taqdim etadi. Qarorlarni qo'llab-quvvatlash vositalari potentsial xavflar haqida xabar berish va ogohlantirirish orqali dispetcherlarga real vaqtda qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
O‘zbekiston aviatsiyasi sohasida ilk bor Samarqand havoda harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi markazining aerodromdagi harakatini boshqarish va nazorat qilishning takomillashtirilgan tizimi (A-SMGCS) joriy etildi. A-SMGCS tizimining asosiy vazifasi aerodromdagi barcha harakatlanuvchi vositalarni, jumladan, samolyotlar va maxsus transport vositalarining aniq joylashuvini aniqlash va identifikatsiya qilishni ta'minlaydi. Ushbu tizimning asosiy afzalliklari to‘qnashuv va aerodromda baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirish, ayniqsa, ko‘rinish cheklangan sharoitlarda xavfsizlikni oshirishdir. Imkoniyatlarni oshirish, marshrutlarni optimallashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish o’z o’rnida ko'proq parvozlarga xizmat ko'rsatish imkonini beradi. Samarqand HHB AT Markazida A-SMGCS tizimidan foydalanish tajribasi aviadispetcherlarning ishini yrngillashtirib, havo va yer usti harakatini boshqarishning yanada murakkab jihatlariga e'tibor qaratish imkonini berdi.
"ManagAir" va "A-SMGCS" tizimlarini joriy etishdan tashqari, Samarqand havoda harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi markazida uchuvchisiz uchish qurulmalari (UUQ) va engil uchish uskunalari harakatini rejalashtirish va nazorat qilishning innovatsion "ATM: Safe Sky" tizimini muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Ushbu tizim "O‘zaeronavigatsiya" Markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston havo kengligidan foydalanish xavfsizligi va samaradorligini ta'minlashda muhim qadamdir.
Shuningdek, Samarqand havoda harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi markazi EuroScope kompleksidan faol foydalanadi. EuroScope dispetcherlar uchun VATSIM tarmog‘ida xizmat ko‘rsatishning zamonaviy dasturi bo‘lib, havodagi vaziyatni haqiqiy radiolokatorlarda ko‘rinishidan farqsiz holatda ko‘rsatadi. Ushbu dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u mashg’ulot senariylarini yaratish imkonini beradi, bu esa dispetcherlarni o‘qitish va o‘zlarini mustaqil tayyorlash uchun yordam beradi.
Bundan tashqari, Samarqand markazida avtomatik terminal ma'lumotlari xizmati (D-ATIS) va AIRCOM cats dasturiy ta'minoti ham joriy etilgan. D-ATIS havo vaziyati, uchish-qo‘nish yo‘laklarining holati va boshqa parametrlar haqidagi dolzarb ma'lumotlarni raqamli aloqa kanallari orqali uzatadi. AIRCOM cats dasturi esa dispetcherlarni o‘qitish uchun qo‘llanilib, turli aviatsiya harakatlari senariylarini simulyatsiya qiladi va malaka oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu, xodimlarga haqiqiy sharoitlarga yaqin bo‘lgan muhitda o‘z mahoratlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Xulosa sifatida ta’kidlash mimkinki, Samarqand havoda harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi markazi nafaqat ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi, balki ularni faol qo‘llab, havodagi harakatni boshqarishda xavfsizlik va samaradorlikning yuqori darajasini ta'minlaydi. Samarqand HHB AT Mmarkazining eng soʻnggi tizim va uskunalardan foydalanish boʻyicha boy tajribasi, xizmat koʻrsatishning yuqori standartlariga erishish va parvozlar xavfsizligini oshirishga, shuningdek, umumiy raqamlashtirish sharoitida xodimlarning malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.