description

Shu jumladan "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK ma'muriyatida ham Xotin qizlar kengashi tashabbusi bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida suhbat tashkil etildi.

Mazkur tadbirda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Oilaviy zo‘ravonlik holatlari hamda bepul psixologik, ijtimoiy, huquqiy yordam olish uchun “1146” va “1259” ishonch telefon raqamlari ishlab turgani alohida taʼkidlandi.

Albatta olib borilayotgan ushbu targ‘ibot ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda nufuzini oshirishga qaratilgan.

Меню