“Atlas” so’zi “silliq” degan ma’noni bildiradi. Avvallari ushbu matodan tikilgan kiyimlarni faqat boylar kiyishgan. Shu sababli unga “xon” so’zi qo’shilgan.
V asrdan boshlab O’zbekiston hududining Namangan hamda Marg’ilon shaharlarida xon atlas ishlab chiqarila boshlagan.
Mazkur milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish va kelajak avlodni milliy urf-odatlarga munosabatini shakllantirish maqsadida bugun 28 sentabr kuni mamlakatimizning barcha hududlarida “Xon atlas” festivali keng nishonlanmoqda.
Festival doirasida “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK xodimalari ham bir-biridan go’zal milliy liboslarda faol ishtirok etishdi.