description

Dam olishni nafaqat qiziqarli, balki foydali qilib tashkil etish kattalarning asosiy vazifalaridan biridir.

Ta'til davomida yil bo’yi to'plangan taranglik yo’qolib, sarflangan kuch, salomatlik tiklanadi va yana ijodga qiziqish uyg’onadi.

Shularni inobatga olgan holda “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK tomonidan xodimlarning farzandlari yozgi ta’tilni maroqli o’tkazishlari uchun oromgohlarga yuborildi.

 

 

Ta'tildan uyga quvonchli chehralar bilan qaytgan farzandlarini ko’rish barcha ota-onalarga huzr baxsh etadi.

 

 

Shu bilan birga, bolalar ota-onalari bilan o'zlarining his-tuyg'ulari, sarguzashtlari va taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar.

 

 

Xulosa qilib aytganda, bolalar o’zlarining odatiy muhitini tark etib, qiziqarli yozgi sayohatga sho'ng'ishlari farzandlar uchun yaxshi imkoniyatdir hamda yozgi ta'tilni oqilona tashkil etish yosh avlodning salomatligiga qo'shiladigan qimmatli hissadir.

Меню