description

“O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK xodimlari Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan 300-sonli umumta’lim maktabining zukko va izlanuvchan o‘quvchilari bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvning maqsadi yosh maktab o'quvchilarini aeronavigatsiya olami bilan tanishishga ilhomlantirishdir. 

“O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK xodimlari o‘zlarining mashaqqatli, ammo juda qiziqarli ishlari haqida, havo harakatini nazorat qiladigan aviadispetcherlar har kuni Respublikamiz osmonida havo kemalari parvozlari xavfsizligini qanday ta’minlayotgani haqida gapirib berishdi.

 Shuningdek, soya vakillari o‘z tajribalari bilan bo’lishdilar. Avadispetcherning sog‘ligi mustahkam, ingliz tilini bullish darajasi a’lo, navbatchilik paytida ba’zida duch keladigan stressli vaziyatlarga chidamli bo‘lishi kerakligini ta’kidladilar.

Soha vakillari yoshlarni qiziqtiradigan barcha savollarga javob berishdi va ularga kelajakda ushbu qiziqarli sanoatning bir qismi bo'lish uchun kerakli maslahatlar berishdi.

Umid qilamizki, ushbu uchrashuv yangi iste’dodlarni kashf etishga va Respublikamiz havo hududida havo harakatini boshqarish haqidagi orzularini ro'yobga chiqarishga tayyor bo'lgan yangi avlodlarni yetishib chiqishiga turtki bo’ladi.

Меню