Taʼkidlash joizki, ushbu markazda Frequentis (Avstriya) ovozli aloqa tizimi, shuningdek, Jotron (Norvegiya) radiostansiyalari va obyektiv nazorat tizimi foydalanishga topshirildi.
O‘rnatilgan tizim IP-texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, efirdagi elektromagnit shovqinlar taʼsirini samarali kamaytiradigan zamonaviy filtrlar bilan jihozlangan. Bu aloqaning tiniqligi va barqarorligini sezilarli darajada oshirib, havodagi harakatni boshqarish jarayonida aviadispetcherlar hamda havo kemalari uchuvchilari o‘rtasidagi ishonchli hamda uzluksiz o‘zaro aloqani taʼminlaydi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida parvozlar xavfsizligi darajasi hamda havo harakatini boshqarish samaradorligi oshirilishi kutilmoqda.
Ushbu loyiha «O‘zaeronavigatsiya» Markazida parvozlarning radiotexnik taʼminotini izchil yangilash doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, texnik salohiyatni yana-da rivojlantirish va zamonaviy aeronavigatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.