Mazkur Aviatsiya tarixi muzeyi 2018-yil 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ochilgan bo’lib, muzey ostonasida xalq mehr bilan ataydigan afsonaviy “Makkajo‘xori” An-2 havo kemasi o‘rnatilgan.
Muzeyda, 1923 yil fuqaro aviatsiyasi vujudga kelayotgan davrga tegishli bo’lgan tarixiy hujjatlar, fotosuratlar, gazeta nashrlari, fakt va voqealar aks ettirilgan eksponatlar mavjud.
Ko’rgazmali bannerda barcha otryad komandirlarining fotosuratlari taqdim etilgan. Ular orasida Samarqanddan Buxoroga birinchi parvozni amalga oshirgan ilk uchuvchi Aleksandr Yefremovning portreti ham bor.
Shuningdek, muzey stendlarida, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi Buxoro HHB hududiy bo’linmasi faxriylarining va ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi rivojiga o’z hissasini qo‘shgan mutaxassislarning fotosuratlari o‘rin olgan.