«O‘zaeronavigatsiya» Markazida Koreya Milliy transport universiteti professorlari tomonidan Safety Culture and Just Culture (Xavfsizlik va adolat madaniyati) bo‘yicha xalqaro o‘quv mashg‘uloti yakunlandi.
Ishtirokchilar xavfsizlik madaniyatini shakllantirishning zamonaviy yondashuvlarini, ya’ni har bir xodim o‘z mas’uliyatini anglashi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar to‘g‘risida ochiq xabar berishini, shuningdek, xatolarni tahlil qilishga adolatli yondashuvga asoslangan Just Culture tamoyillarini ko‘rib chiqdilar. Bu tamoyillar aybdorlarni qidirishni emas, balki sabablarni aniqlash va ularning takrorlanishining oldini olishga qaratilgan.
Ushbu o‘quv mashg‘uloti mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda «O‘zaeronavigatsiya»da xavfsizlik madaniyatini yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.