Lyuksemburgdagi EUROCONTROL o‘quv markazida mutaxassislar havodagi harakat oqimlarini tashkil etish va o‘tkazuvchanlik qobiliyatini boshqarish bo‘yicha «Introduction to ATFCM» kursini tamomlashdi. Dastur O‘zbekistonda havodagi harakatni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib moslashtirilgan.
Ishtirokchilar parvozlar intensivligini prognozlash va havo hududining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini baholash bo‘yicha Yevropa tajribasini o‘rganishdi. Ushbu bilimlar O‘zbekistonda havoda harakat oqimlarini tashkil etish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.