description

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-son qaroriga muvofiq, har yili noyabr oyida mamlakatimiz bo‘ylab “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” o‘tkaziladi. Oylik aholiga internetdagi tahdidlarni tanib olish va kiberjinoyatlardan himoyalanish ko‘nikmalarini egallashda ko‘maklashishga qaratilgan.

Oylik doirasida 20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazining yetakchi mutaxassisi “O‘zaeronavigatsiya” Markazi xodimlari uchun trening o‘tkazdi. Treningda internetdan xavfsiz foydalanish va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassis onlayn firibgarlikni aniqlash va kundalik hayotda kibergigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.

 

Меню