description

2024 yil 16-18 oktyabr kunlari bo'lib o'tgan HHB mutaxassislari o'rtasida o'tkazilgan kasbiy mahorat tanlovida 8 ta hududiy bo'linma va 2 ta HHB AT Markazlaridan 30 yoshgacha bo'lgan 12 ta HHB dispetcheri ishtirok etdi.

Tanlov uch kun davom etib, 4 bosqichdan iborat bo’ldi: uy vazifasi, nazariy bilimlarni tekshirish, dispetcherlik simulyatorida amaliy ko'nikmalarni tekshirish va ingliz tilini bilish darajasini aniqlash.

Tanlovning birinchi kunida ishtirokchilar hakamlar hay'atiga aviatsiya mavzusida taqdimot shaklida uy vazifasini namoyish etishdi. Kunning ikkinchi yarmida aviatsiya tarixi va xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) hujjatlarini bilish bo'yicha yozma so'rov o'tkazildi. 

Tanlovning uchinchi bosqichi og'zaki suhbat orqali ingliz tilini bilish darajasini namoyish etishdi. Shu kunning uzidayoq tanlov dasturining yakuniy bosqichi, aynan dispetcherlik simulyatorida amaliy ko'nikmalarni sinovi bo’lib o’tdi.

Tanlov yakuni bo'yicha 1-o'rinni 293 ball to'plagan Toshkent HHB AT Markazi HHB dispetcheri – Bazarbayev Dauran egalladi; 2-o'rinni 278 ball to'plagan Samarqand HHB AT Markazi HHB dispetcheri Saidov Axmadjon egalladi; 3-o'rinni esa 274 ball to'plagan Urganch HB HHB dispetcheri – Gatin Ruslan egalladi.

Меню