Tashrif davomida Korxona faoliyati va yangi aeronavigatsiya birlashmasining SOCEA ( State Organisation Coordination Europe and Asia) loyihasi to’g’risida taqdimot namoyish etildi.
Ushbu hamjamiyatning yaratilishi parvozlar xavfsizligini yaxshilash, ilg'or tajriba va amaliyotlarni almashish bo'yicha sa'y-harakatlarni birlashtirishga qaratilgan.
Hozirda ushbu SOCEA tashkilotining a’zolari Turkiya va Ozarbayjon davlatlari hisoblanadi.
Muloqot chog‘ida tomonlar hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, Turkiya va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi aloqalar yildan-yilga kengayib, mustahkamlanib borayotganligi ta’kidlab o’tildi.
Tashrif yakunida delegatsiya vakillari HHB dispetcheri va muhandis-texnik xodimlar faoliyati, havo harakatini boshqarish minorasining texnik jihozlanishi, Istanbul havo bandargohining turli vaziyat va inqirozlar bo’yicha aeroport boshqaruv markazi bilan yaqindan tanishishdi.