description

3-noyabr kuni Toshkentda "Markaziy Osiyo - Xitoy" (C5+1) formatidagi Fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha konferensiyasi o‘z ishini boshladi va u 5-noyabrga qadar davom etadi.

Tadbir O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Xitoyning aviatsiya ma’muriyatlari, davlat organlari va tegishli tashkilotlari vakillarini birlashtirdi.

Muhokama markazida parvozlar xavfsizligini oshirish, aeronavigatsiya xizmatlarini takomillashtirish, xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash masalalari turibdi.

Konferensiya doirasida "O‘zaeronavigatsiya" Markazi aeronavigatsiya xizmati ko‘rsatish sohasidagi asosiy yutuqlar, o‘z IT-ishlanmalari va O‘zbekiston havo hududida havodagi harakat statistikasiga bag‘ishlangan taqdimotni taqdim etadi.

Konferensiya mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va fuqaro aviatsiyasi sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga qaratilgan.

Меню