2023-yil mart oyida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK tomonidan “Termiz xalqaro aeroporti”dagi parvozlarning radiotexnika ta’minoti vositalarini modernizatsiya qilish maqsadida uchish qo'nish yo'lagida qo‘nish uchun yangi Qo'nish magnit kursi-250° bo'lgan mayoq ILS (DME) tizimi foydalanishga topshirildi.
Mazkur tizim havo kemalariga yo'nalish ko'rsatuvchi, tungi vaqtda yoki murakkab ob-havo sharoitida uchish-qo'nish yo'lagiga yaqinlashish imkonini beruvchi aniq radionavigatsiya tizimi hisoblanadi.