Termiz shahridagi Sanʼat saroyida Din ishlari boʻyicha qoʻmita matbuot kotibi Ilhom Maʼrufov boshchiligida “Jaholatga - qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK Termiz HHB hududiy bo’linmasi mutqxassislari, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, mahallalardagi faollar va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan qulay sharoitlar, yoshlarni turli oqimlarga tushib qolishini oldini olish va internet tarmoqlaridan toʻgʻri foydalanish haqida kerakli koʻrsatmalar berildi.
Tadbir soʻngida tinglovchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.