Termiz HHB hududiy bo’linmasidagi “Krona” ikkilamchi radiolokatorining 2 ta tayanch va markaziy podshipniklarini almashtirish bo’yicha taʼmirlash ishlari boshlandi. Mazkur texnik amaliyot A.M. Breygin nomidagi ilmiy tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilmoqda.
Krona ikkilamchi radiolokatorining tayanch hamda markaziy podshipniklarini yangilanishi uskunaning ishlash muddatini sezilarli darajada oshiradi.
Ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli "Krona" ikkilamchi radiolokatori vaqtinchalik 04.04.2023 dan 20.04.2023 gacha bo’lgan davrda ish faoliyatidan to'xtatilib turilishi uchun NOTAM (NOtice To Air Missions) berildi.
Ta’mirlash ishlari bilan bir vaqtda Termiz HHB hududiy bo’linmasi mutaxassislari tomonidan “Krona” ikkilamchi radiolokatorining mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish bo’yicha ham ishlar olib borilmoqda.