Tbilisida (Gruziya) ICAO yo‘nalish tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhining 33-maxsus muvofiqlashtirish yig‘ilishi (RDGE/33) bo‘lib o‘tdi, unda "O‘zaeronavigatsiya" Markazi xodimlari aviatsiya ma’muriyati, provayderlar va ICAO mintaqalari xalqaro tashkilotlari vakillari bilan birgalikda ishtirok etdilar.
Uchrashuvning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Yaqin Sharq mintaqalarida havo yo‘llari yo‘nalishlarini modernizatsiya qilish, transchegaraviy yo‘laklarni rivojlantirish hamda erkin yo‘nalishlar (Free Route Airspace) va havo hududidan moslashuvchan foydalanish mexanizmlari (FUA) kabi zamonaviy konsepsiyalarni joriy etish orqali havo hududidan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat