description

Talabalar bilan ochiq muloqot

Bugun, 24-fevral kuni Toshkent davlat transport universitetida aviatsiya sohasi rahbarlarining fuqaro aviatsiyasi va aeronavigatsiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida aviatsiya sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari, istiqboldagi rejalar, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalarni joriy etish, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar muhokama qilindi. Talabalarga amaliyot o‘tash va kelgusida ishga joylashish imkoniyatlari to‘g‘risida ham umumiy ma’lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari talabalar bilan bevosita muloqotning ahamiyatini qayd etib, yoshlarning kasbiy kamolotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi hamkorlik shakllarini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Меню