«O‘zaeronavigatsiya» Markazining havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi muhandisi Marat Gazetdinov O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi kubogi uchun stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rinni egalladi.
Musobaqa joriy yilning 13-iyun kuni bo‘lib o‘tdi va unda respublikaning 20 dan ortiq tashkilotidan 64 nafar ishtirokchi qatnashdi. Turnir stol tennisini ommalashtirish, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.
Marat Gazetdinov «O‘zaeronavigatsiya» Markazi sharafini munosib himoya qilib turnir g‘olibiga aylandi.
Maratni munosib g‘alabasi bilan tabriklaymiz! Biz ham kasbiy faoliyatida, ham sport maydonlarida yuksak natijalarga erishayotgan bunday xodimlarimiz bilan faxrlanamiz.