description

“Joriy yilning iyun oyida Men “Singapur hamkorlik dasturi” homiyligida o‘tkaziladigan “PBN havo bo’shlig’ining tartiblari va loyihalash jarayoni” bo’yicha  2 haftalik kursda ishtirok etish uchun ariza topshirdim.

Oktyabr oyi oxirida Singapur fuqaro aviatsiyasi ma'muriyati tomonidan mening ta'lim olish uchun arizam ma'qullanganligi to’g’risida javob xatini oldim.

Mazkur o’quv kursi 2022-yilning 14-noyabrdan 25-noyabrgacha davom etmoqda. O’quv mashg’ulotlari Singapur Aviatsiya Akademiyasida o'tkazilmoqda. O’quv guruhimiz 28 ta talabgorlardan iborat. Ularning barchasi turli mamlakatlar, asosan Afrika va Janubiy-Sharqiy Osiyodan tashrif buyurishgan.

O’quv kursi o'qituvchilari "Eurocontrol" tashkilotining sobiq xodimlari niderlandiyalik Aleks Xendriks va britaniyalik Roland Roulinglar.

O’quv mashg’ulotlarining birinchi haftasida biz PBN (Performance Based Navigation) bo'yicha ICAO hujjatlarini o'rgandik.

Ikkinchi hafta davomida kursning amaliy qismini boshladik. Bizning guruhimiz 2 ta kichik guruhlarga ajratildi va hayoliy aerodrom, to'siqlar, cheklovlar hamda boshqalar bilan yangi havo maydoni dizaynini ishlab chiqish yuzasidan vazifani bajarishni boshladi.

Kursda ishtirok etish imkoniyatini yaratishda o’z hissasini qo’shgan “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Bu yerda olayotgan bilimlarim tufayli kelajakda Respublikamiz aviatsiyasi rivojiga hissa qo‘shishimdan bahoyatda hursandman” – deydi  “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK “Kartografiya va aerodrom sxemalarini ishlab chiqish” bo‘limi navigator Bekzod G’iyosov.

Меню