description

Anjumanning to’rtinchi hamda beshinchi kunlari quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:

Jumladan, IATA (Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi) vakilining hisoboti. Uchuvchisiz uchish apparatlarini rivojlantirish.

Eurocontrol tashkiloti vakilining uchuvchisiz uchish apparatlarini rivojlantirishda mavjud bo’lgan usullar to'g'risida hisoboti.

Shaharda uchuvchisiz uchish tizimlarining bozorini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan Eurocontrol taqdimoti.

Eurocare mutaxassisi tomonidan havo hududining barcha qatlamlarida uchuvchisiz uchish apparatlarini integratsiyalash standartlarini ishlab chiqish to’g’risida hisobot.

CANSO tashkiloti tomonidan uchuvchisiz aviatsiya kelajagi va fazoni raqamlashtirish haqida taqdimot.

Qozog'iston Respublikasi vakilining Qozog’istonda uchuvchisiz uchish apparatlari uchun normativ-huquqiy baza to'g'risidagi hisoboti.

Uchuvchisiz uchish apparatlari joriy etilishi uchun Italiya havo hududini tayyorlash bo'yicha Italiya tashkilotining hisoboti.

Dron dasturi haqida IASA hisoboti kabi taqdimotlar tinglandi.

Mazkur anjuman O’zbekistonning xalqaro fuqaro aviatsiya hamjamiyatidagi milliy aeronavigatsiya xizmatlari tizimining mavqeini oshirishda, sohada erishilgan yutuqlar, so’nggi tendensiyalar, innovatsiyalar va ilg’or tajribalar haqida ma’lumot almashishda keng maydon bo’ldi.

Меню