Ushbu muhim tadbirning asosiy maqsadi — aviatsiya sanoatida ijobiy xavfsizlik madaniyatini joriy etish va yanada rivojlantirish uchun asosiy ma'lumotlarni etkazish va ishtirokchilar o'rtasida bebaho tajriba almashishdir.
Seminar nafaqat nazariy muhokamalar maydoni, balki parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi sohasida bilimlarni chuqurlashtirish, amaliy tavsiyalar olish va hamkasblar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun real imkoniyatga aylandi. Har bir ishtirokchi parvozlar xavfsizligining dolzarb masalalarini muhokama qilib, umumiy ishga o‘z hissasini qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi, shuningdek, amaliyotda qo‘llanilgan muvaffaqiyatli holatlar bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar yakunida mavjud uslub va strategiyalarni takomillashtirishga qaratilgan muhim takliflar ishlab chiqildi, bu aviatsiya xavfsizligini ta’minlashda aviatsiya xavfsizligi madaniyatini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.