Chikago konventsiyasi tomonidan 1944 yilda davlatlarga o'z hududlari tepasidagi fazo uchun "to'liq suverenitet" berilgan bo’lib, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) mazkur konventsiya qarorining ijrosini to’liq nazorat qiladi. Bu haqida O’zbekiston Respublilasi Havo Kodeksining 1 moddasida aytib o’tilgan.
ICAO tomonidan Samoviy hududni samarali boshqarish uchun uni bir necha sinflarga bo'lish kerakligi belgilab qo’yilgan: samoviy hududni boshqarish davomida ular A dan E gacha tasniflanadi.
Barcha nazorat qilinmaydigan samoviy hududlar F va G sinflariga tegishli, B C D E sinflar boshqariladigan samoviy hudud bo’lib, A sinfi esa vizual parvoz uchun ta’qiqlangan samoviy hudud hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Havo Kodeksiga binoan mamlakatda A, C hamda G sinflarga tegishli bo’lgan samoviy hududlar joriy etilgan.