description

Joriy yilning May oyida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK tomonidan ICAO mintaqaviy byurosi ko‘magi bilan Samarqand shahrida “Aeronavigatsiya xizmatlarini joriy etish” (ANSISG-Air Navigation Services Implementation Support Group/06) va “Uchuvchisiz tizimlar parvozlarini tashkil etish” (UTM U-Space, Urban Air Mobility) bo‘yicha Yevropa va Shimoliy Atlantika (EUR/NAT) ICAO guruhining 6-xalqaro yig‘ilishi gibrid shaklda tashkil etiladi.

Mazkur tadbirda Rossiya, Turkiya, Moldova, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan 50 ga yaqin ekspertlar ishtirok etishadi.

Bunday tadbir O’zbekiston Respublikasida ilk bor tashkil etilayotgan bo’lib, “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Меню