description

Toshkentda boʻlib oʻtgan RDGE-SCM/2024 Maxsus muvofiqlashtiruvchi yigʻilishning birinchi kuni ishtirokchi davlatlarning statistik maʼlumotlarga oid hisobotlari va marshrutlar tarmogʻini optimallashtirish boʻyicha takliflar bilan boshlandi.

ICAOning havo oqimini rejalashtirish jarayonlarini optimallashtirish, fuqarolik va harbiy sektorlarni muvofiqlashtirish va sun'iy yo'ldosh navigatsiya signallaridagi nosozliklar holatlarida choralar ko'rish bo'yicha tavsiyalariga alohida e'tibor qaratildi.

Kun ICAO, aeronavigatsiya provayderlari va aviakompaniyalar vakillari ishtirokida inqirozli vaziyatlarda qo'llaniladigan strategiya va chora-tadbirlarni muhokama qilish bilan yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, bugungi tadbirda 15 mamlakatdan 50 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, aviakompaniyalar va aeronavigatsiya xizmatlari provayderlari mutaxassislari ishtirok etdi.

Меню