description

RDGE-SCM/2024 yig‘ilishining ikkinchi kunida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK vakillari Yevropa davlatlari, Buyuk Britaniya va Shimoliy Amerikani Xitoy, Yaponiya va Janubi-Sharqiy Osiyo bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalishlarni yaratish bo‘yicha takliflarini taqdim etishdi.

Mazkur yo‘nalishlar parvozlar vaqtini qisqartirish, zararli chiqindilarni kamaytirish va yoqilg‘ini tejashga mo‘ljallangan.

Ishtirokchi davlatlar ushbu marshrutlar ochilishidan manfaatdorligini bildirdilar va takliflarni keyinchalik amalga oshirish uchun ICAO HHB marshrut katalogiga kiritishga kelishildi.

Меню