description

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Qo'qon aeroporti infrotuzilmasini rivojlantirish" qarorini amalga oshirish doirasida, "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK mutaxassislari CNTech  Co. Ltd. (Koreya Respublikasi) korxonasi mutaxassislari bilan birgalikda, qisqa muddatda Qo'qon aeroportida ILS/DME qo'nish tizimini foydalanishga topshirishdi.

Mazkur tizim, laboratoriya havo kemasi tomonidan parvoz sinovi orqali tekshirilib, O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.

Qo'qon aeroportida o'rnatilgan zamonaviy ILS/DME tizimi, havo kemalariga, tungi vaqtda yoki murakkab ob-havo sharoitida qo‘nish jarayonini ta'minlab beruvchi aniq radionavigatsiya tizimi hisoblanadi.

Меню