Aviatsiya – eng murakkab va aniq sohalardan biri bo‘lib, yuqori darajali koordinatsiya va xavfsizlikni talab qiladi. Havodagi harakatini boshqarish (HHB) parvozlar xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin egallab, bundagi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (AT) mazkur faoliyatning qalbidir.
Havo harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi o‘zi aslida nima?
Havodagi harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (HHB AT) o‘zida – havo kemalarning harakati to‘g‘risidagi axborotlarni to‘playdigan, saqlaydigan, qayta ishlaydigan va taqdim etadigan inson-mashina majmualarini namoyon qiladi. Ularning asosiy maqsadi – havo kemalarining, gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi o‘zaro xavf-xatarli yaqinlashuvlarni oldini olgan holda, fazoda xavfsiz va samarali harakatlana olishini ta’minlashdir.
HHB avtomatizatsiyalashgan tizimlarining vazifalari
HHB AT, havodagi harakatni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ko‘plab vazifalarni hal qiladi. Asosan:
Havodagi harakatni rejalashtirish: Parvozlarni avtomatik tarzda rejalashtirish, ma’lumotlar almashinuvi va marshrutlarni tuzish.
Havodagi harakatni bevosita boshqarish: Parvozlar monitoringi va koordinatsiyasi, radioaloqani ta’minlash va havo kemalarining harakatini boshqarish.
Yer yuzasidagi haraktlar: Havo kemalarining aerodromlardagi harakatini boshqarish, uchish va qo‘nishni koordinatsiyalash.
Axborot uzatish: Ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish uchun meteorologik xizmatlar va boshqa AT bilan o‘zaro hamkorlikda bo‘lish.
HHB AT, turli xildagi eksplutatsiya sharoitlariga moslasha oladigan, yuqori texnologiyali axborot-hisoblash tizimlari sifatida ish yuritadi. Ular radiolokatsiya tizimlari va meteorologik majmualar kabi turli manbalardan ma’lumotlarni to‘playdi, ularni qayta ishlaydi va dispetcherlarga Havodagi harakatni boshqarish uchun barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.
HHB AT asosiy tarkibiy qismlari o‘z tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
Radiolokatsiya tizimlari: Ular havo kemalarining harakatini doimiy nazoratini ta’minlaydi.
Aloqa tizimlari: Ma’lumotlarni ishonchli tarzda uzatish va ekipajlar bilan ishonchli radio aloqani ta’minlaydi.
Parvozlarni rejalashtirish: Parvozlar rejasini avtomatik tarzda sayqallab va koordinatsiya qilib turadi.
Havodagi harakatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarisiz zamonaviy parvozlarni tashkillashtirishning iloji bo‘lmas emas edi. Ushbu tizimlar faqat xavfsizlikni ta’minlabgina qolmay, balki havodagi harakat oqimini maqbullashtirishga ham ko‘mak beradi, bu esa parvozlardagi kechikishlarni kamaytirib, ularning samaradorligini oshiradi.
HHB tizimlariga qo‘yiladigan talablar
O‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun HHB AT bir qator qat’iy talablarga javob berishi lozim:
Yuqori darajadagi ishonchlilik: Tizimlar ehtimoliy nosozliklarga nisbatan chidamli bo‘lishi va ishdagi uzluksizlikni ta’minlay olishi kerak.
Aniqlik va sinxronlashuv: Ehtimoliy xatolarning oldini olish uchun barcha tizimlar va dastgohlar o‘zaro sinxron ishlay olishi kerak.
Interaktivlilik va moslanuvchanlik: O‘zgaruvchan ish sharoitlari va ekspluatatsiya talablariga moslashish qobiliyati.
Havodagi harakatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari – zamonaviy aviatsiyaning negizidir. Ular parvozlarning xavfsizligi, samaradorligi va muntazamligini ta’minlab, har bir parvoz ishonchli nazorat ostida ekanligig ishonch tug‘dirib, yo’lovchilarning dunyo bo‘ylab bemalol sayohat qila olishiga imkon beradi. Ushbu tizimlarning rivojlanishi va takomillashuvi hanuzgacha davom etib, aviaqatnovlarni yanada xavfsizroq va qulayroq qilib bormoqda.