2024-yil 2-iyuldan 4-iyulgacha bo‘lgan davrda Toshkent shahrida parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi yo‘nalishi bo‘yicha kurslar o‘tkazildi. Ushbu kurslar quyidagi mavzularni qamrab oldi:
• “Parvoz xavfsizligi uchun xavflarni baholash”;
• “Parvoz xavfsizligi holati tahlili”.
Ta’kidlash joizki, kurslar “O‘zaeronavigatsiya” DUK Markazi rahbariyati va Koreya davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari jamoasi o‘rtasida professor Gun Yong Li boshchiligida erishilgan kelishuvga muvofiq tashkil etildi.
Trening xalqaro ICAO standartlariga muvofiq yuqori professional darajada o‘tkazildi va talabalarda maksimal qiziqish uyg‘otdi. Trening davomida ishtirokchilar xavfsizlik tahlilini tayyorlash va xavfni baholash bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishdi.
Kurslarni tugatgandan so'ng barcha talabalarga xalqaro sertifikatlar berildi.