23 dekabr kuni "O'zbekiston Yoshlari Forumi 2023" doirasida, poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida, Transport vaziri va transport sohasida ish yuritayotgan yosh xodimlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Transport Vaziri I.R.Mahkamov yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, yoshlar tomonidan transport tizimini rivojlantirish yo'lida berilgan takliflarni eshitib, kelgusida amalga oshirilishi mo'ljallangam chora-tadbirlar bo'yicha yoshlarga ma'lumot berdi.
Taddbir so'ngida esa, "O'zaeronavigatsiya" Markazi DUK va sohalar kesimida faol xizmat qilayotgan yosh xodimlar Vazir tomonidan qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.