description

Kuni kecha “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK hamda “Tojikaeronavigatsiya” DUK vakillari o‘rtasida, aeronavigatsiya sohasidagi sermahsul hamkorlikka va qimmatli tajribalar bilan almashuvga yo‘naltirilgan, uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalar vakillari, Havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish (HHXK), Bosh Markaz Fuqaro sektorini rivojlantirish, Aeronavigatsiyaga oid Axborot Xizmatini (AAX) va HHXK marshrutlarini takomillashtirish singari muhim yo‘nalishlarni, shuningdek Parvozlarning Radiotexnik Ta’minoti (PRTT), zamonaviy Parvozlar Xavfsizligini Boshqarish Tizimlari (PXBT) hamda Sifat Menedjmenti Tizimlarini (SMT) boshqarishga taalluqli masalalarni muhokama qilishdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Toshkent havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish hududi (HHXKH) va Dushanbe HHXKH o‘zaro munosabatlarga tegishli muolajalar to‘g‘risidagi kelishuv imzolanib, shubhasiz bu har ikkala markazlar o'rtasida koordinatsiyani soddalashtirilish va o‘zaro bajariluvchi ishlar samaradorligini oshirish yo‘lidagi sezilarli qadam bo‘lib qoladi.

“Tojikaeronavigatsiya” DUK vakillari “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK rivoji va uning istiqbol rejalarini yuqori baholab, erishilgan yuksalish bundan keyingi hamkorlik uchun o‘ta muhim zamin bo‘la olishini ta’kidladilar.

Har ikkki taraf ham, ushbu uchrashuv bundan keyingi o‘zaro yanada chambarchas munosabatlar va yangi texnologiyalarni joriy qilish tomon dadil qadam bo‘lib qolishiga, bu esa o‘z navbatida aeronavigatsiya xizmatlarini yanada yuqori sifat pog‘onasiga ko‘tara olishiga ishonch bildirishdi.

Меню