2024-yil 13-avgust kuni Dushanbe shahrida, birdamlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitida, O‘zbekiston va Tojikiston aeronavigatsiya xizmatlari provayderlari rahbarlarining tarixiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv o‘ziga xos xususiyatga egadir. Sababi, provayderlar tomonidan ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida o‘zaro sa’y-harakatlarni amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida dalolat beradi.
Uchrashuv doirasida ekspertlar miqyosidagi muzokaralar o‘tkazilib, “Tadjikaeronavigatsiya” DUK va “O'zaeronavigatsiya” Markazi DUK o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi.