Hususan, Yangi hayot uchun - Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Hududiy bo’linmalarning shaxsiy tarkib ishchi-xodimlari o’rtasida mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi sport turlari hamda xodimlarning farzandlari ishtirokida “quvnoq startlar” nomli musobaqalar bo’lib o’tdi. Musobaqa g’oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, korxona faxriylari, keksalar, nogironlar holidan xabar olish, ularga moddiy yordam ko’rsatish uchun mehnat jamoalari va faxriylari ishtirokida bayram dasturxonlari tashkil etilmoqda.