“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK “Azeraeronavigatsiya” Havo harakati provayderi bilan hamkorlikda Ozarbayjon Respublikasi Baku shahrida joriy yilning 17-apreldan 17-mayga qadar tashkil etilgan “Uskunalar bo’yicha parvoz qoidalariga muvofiq aerodrom hududida havo kemalarini manyovr qilish tartiblarini ishlab chiqish” (PANS-OPS) boʻyicha boshlangʻich oʻquv kursiga Markazning 4 nafar mutaxassisini malaka oshirish uchun yubordi.
Mazkur o’quv kursi “Ozarbayjon Milliy Aviatsiya Akademiyasi” negizida xalqaro darajadagi mutaxassis, “Azeraeronavigatsiya” axborot markazi rahbari Aleksandr Estrov tomonidan olib borilmoqda.