Aeronavigatsiya axborot xizmati mutaxassislari Ozarbayjon Milliy aviatsiya akademiyasida “Uskunalar bo’yicha parvoz qoidalariga muvofiq aerodrom hududida havo kemalarini manyovr qilish tartiblarini ishlab chiqish” (PANS-OPS) yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki o’quv kursini tamomladilar.
O‘quv mashg‘ulotlar natijasiga ko‘ra, barcha to‘rt nafar mutaxassisga kursni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari to‘g‘risida xalqaro sertifikatlar topshirildi.
Mazkur kurs, mutaxassislar uchun O‘zbekiston Respublikasi havo hududidagi manyovr qilish sxemalarini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini berdi.