description

2023-yil 10-fevral kuni Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi vakillari tomonidan havo harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent markaziga va Havo hududidan foydalanishni boshqarish yagona tizimi Bosh markazi fuqaro sektoriga tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida Fuqaro aviatsiyasi agentligi vakillari INDRA havo harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, havo harakatini boshqarish dispetcherlari hamda Havo hududidan foydalanishni boshqarish yagona tizimi Bosh markazi fuqaro sektori xodimlarining ish joy jihozlari va havo harakatini tashkil etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv so’ngida ishni tashkil etish yuzasidan fikrlar almashildi va zarur takliflar berildi.

Меню