Tashrif chog’ida tomonlar o’zaro tajriba almashishdi, havo harakatiga xizmat ko‘rsatish sohasida fikr va mulohazalar bilan bo’lishishdi.
Delegatsiya tarkibi ish faoliyatini tashkil etilish, ish va dam olish kunlarini rejalashtirish, smenadan oldin tibbiy ko‘rikni tashkil etish, HHB mutaxassislarini malaka oshirishga yuborish bo’yicha tartibini o’rganishdi hamda aloqa, lokatsiya va navigatsiya uskunalari joylashgan texnik binolarni ko’zdan kechirishdi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Azeraeronavigatsiya” axborot xizmatining tizim tarkibi va imkoniyatlari to’g’risida taqdimot namoyishini ko’rishdi.
Tashrifning ikkinchi kunida “O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK rahbariyati va “Azeraeronavigatsiya” rahbari Farxan Guliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig’ilishda tomonlar yaqin aloqa, tezkor tajriba va axborot almashishni yo’lga qo’yish maqsadida hamkorlik memorandumini imzolash to’g’risida taklif kiritdilar.
Aytish joizki, bu kabi tashrif va tajriba almashishlar O‘zbekiston Respublikasi havo harakatini tashkil etishda ijobiy ta’siri ko’rsatishi hamda “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK faoliyatiga yangi amaliyot va ilg‘or tajribalarni olib kirishi shubhasiz