Mamnuniyat bilan shuni e'lon qilamizki, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi havo kemasi ekspluatanti sertifikatini qo‘lga kiritib, aviaishlarni bajarish bo‘yicha o‘z yo‘nalishini ochmoqda!
Ushbu bosqich doirasida aerodromlarning radiotexnika vositalari hamda yorug‘lik-signal uskunalarini tekshirish va kalibrovka qilishga, maxsus vazifalarni bajarishga ixtisoslashtirilgan AVION aviakompaniyasi tashkil etildi.
Loyihaning asosini aeronavigatsiya tizimlarining ICAO xalqaro talab va standartlariga muvofiqligini baholash uchun yuqori aniqlikdagi uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy "samolyot-laboratoriya" tashkil etadi.
O‘z provayderimizning tashkil etilishi asosiy tekshiruvlarni to‘liq ichki resurslar bilan – tezroq, aniqroq va texnologik jihatdan samaraliroq bajarishga hamda yuqori darajadagi mustaqil nazoratni ta’minlashga imkon beradi.
Bu ko‘zga ko‘rinmas, ammo eng asosiysi — har bir parvozning xafvsizligini ta'minlaydigan vazifadir.
AVION — aniqlik standartga aylanganda.