“O‘zaeronavigatsiya” Markazi va “Qirg‘izaeronavigatsiya” korxonasi vakillari o‘rtasida aeronavigatsiya xizmatlari sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar aeronavigatsiya ma’lumotlari bilan almashdilar, havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish vakolatlarini o‘zaro taqsimlash hamda tutash havo hududlarida dispetcherlik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Asosiy e’tibor parvozlar xavfsizligini ta’minlash, tartib-taomillarni o‘zaro muvofiqlashtirish va ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida tezkor axborot almashinuviga qaratildi.