“O‘zaeronavigatsiya” Markazida buyuk davlat arbobi, shoh va sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligini munosib nishonlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish hamda ularning boy merosini yod etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, yuksak bunyodkorlik salohiyati va milliy davlatchilik tarixidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar buyuk ajdodimizning boy tarixiy merosi va ibratli hayot yo‘li haqida o‘z bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbirni yanada qiziqarli va mazmunli tashkil etish, shuningdek, xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamjihatlik va raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida interaktiv test savollari o‘tkazildi. Ushbu sinov jarayonida jamoalar Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Interaktiv savollar yakuniga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin — Aeronavigatsion axborot xizmati xodimlari
2-o‘rin — HHB Toshkent Markazi xodimlari
3-o‘rin — HHB Nukus Markazi xodimlari
4-o‘rin — HHB Urganch Markazi xodimlari
5-o‘rin — HHB Navoiy Markazi xodimlari
Tadbir yakunida g‘olib jamoalar e’tirof etilib, bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar xodimlar o‘rtasida tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini oshirish va jamoaviy birdamlikni kuchaytirishda muhim аhamiyat kasb etishi ta’kidlandi.