Pekin shahrida, Xitoy Fuqaro aviatsiyasi ma’muriyatining Havodagi harakatni boshqarish byurosi (ATMB) bosh markazida «O‘zaeronavigatsiya» Markazi va ATMB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston va Xitoy aeronavigatsiya xizmatlari o‘rtasidagi ilk rasmiy hamkorlik kelishuvi bo‘ldi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari — havodagi harakatni boshqarish, aloqa, navigatsiya va kuzatuv (CNS) texnologiyalarini rivojlantirish, raqamlashtirish, mutaxassislarni tayyorlash va tajriba almashishdir.
Memorandum qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda aeronavigatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi.
Центр «Узаэронавигация» и ATMB (Китай) подписали Меморандум о сотрудничестве