“O‘zaeronavigatsiya” Markazi Toshkent davlat texnika universitetida bakalavriat va magistratura bitiruvchilari uchun tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida ishtirok etdi. Tadbir bakalavriat va magistratura bitiruvchilarining bandligiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida bitiruvchilar Markaz faoliyati bilan tanishdilar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot oldilar, shuningdek, ishga joylashish va kasbiy o‘sish imkoniyatlaridan xabardor bo‘ldilar. “O‘zaeronavigatsiya” vakillari ishtirokchilarning savollariga javob berib, korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdilar.